Prokuratura Qarshida o‘smirlarning is gazidan zaharlanishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi

Jamiyat

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlanib, shifoxonaga keltirilgani haqida xabar bergan edik. Voqea bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangani ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, bugun 19 dekabr kuni soat 06:50 larda Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan birining yotoqxonasida yashovchi 13 nafar o‘smir  yotoqxonaga o‘rnatilgan gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik sababli zaharlangan.

Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamdan so‘ng ularni barchasining ahvoli yaxshilangan.

Bosh Prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv olib borilishi ustidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing