Prokuratura Asakadagi “daraxtkushlik” bo‘yicha surishtiruv boshladi

Jamiyat

image
image

Avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanida 10 ga yaqin ko‘p yillik daraxt kesib tashlangani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Asakada 10 ga yaqin ko‘p yillik daraxt kesib yuborilgani holati Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Ma’lumot uchun, Asaka tumani “A.Temur” MFY hududidagi daraxtlarni kesishga qonunchilikda belgilangan tartibda ekologiya organi xulosasi va mahalliy davlat hokimiyatining ruxsatnomasi berilmagan.

Mazkur hududdagi daraxtlarni xususiy korxona rahbariyati tomonidan daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinmagan.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandi. Farmon bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing