Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
20 may 2021
3265Umid Obidxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
U mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Tashqi aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki institutining Infrastruktura investitsiyalari bo‘yicha ilmiy xodimi Yaponiyadagi Keio universitetida iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qilish guruhi rahbari vazifasini vaqtincha bajarib, tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi