Professor Temurjon Otaqo‘ziyev 85 yoshida vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yil 2 iyul kuni texnika fanlari doktori, professor, silikatli qiyin eruvchan nometall materiallar texnologiyasi va noorganik moddalar texnologiyasi sohasidagi taniqli olim Temurjon Otaqo‘ziyev 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘qituvchisi Bekzod Haqnazarov xabar berdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Temurjon Otaqo‘ziyev O‘rta Osiyo politexnika institutining kimyo-texnologiya fakulteti va O‘zSSR Fanlar akademiyasi Kimyo institutida aspiranturani tamomlagan. 1964—1967-yillarda Kimyo institutida ishlagan, 1968 yildan boshlab Toshkent politexnika institutida (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bu yerda u katta o‘qituvchilikdan kafedra mudiri, dekan va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga qadar yo‘llarni bosib o‘tgan.

Hayotining so‘nggi yillarida Toshkent kimyo-texnologiya institutida professor bo‘lib ishlayotgan Temurjon Otaqo‘ziyev qator afzalliklari ega yangi sement turini yaratishga qo‘shgan mehnati bilan mashhur.

Uning tadqiqot yo‘nalishlaridan biri sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilishga qaratilgan bo‘lgan. Xususan, u qurilish materiallari – sement, gidravlik qo‘shimchalar va boshqa materiallarni ishlab chiqarishda fosfor gipsni utilizatsiya qilishning optimal variantini topgan.

Temurjon Otaqo‘ziyev – 1000 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ular orasidan monografiyalar, darsliklar va qo‘llanmalar, terminologik va izohli lug‘atlar, ilmiy-ommabop risolalar, ixtirolar uchun patentlar va mualliflik guvohnomalari o‘rin olgan. Uning rahbarligida 42 fan nomzodi va 7 fan doktori himoya qilgan.

2007 yilda Temurjon Otaqo‘ziyev “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing