Professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘layotgan murojaatnomasida yana mamlakatdagi so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘xtalib, ularni doim qo‘llab-quvvatlashini aytdi

“So‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritish va ijod qilishlari uchun bundan keyin haqiqiy huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratiladi. Bundan keyin ham to‘rtinchi hokimiyat vakillarining erkin va xolis faoliyat yuritishlari, respublikamizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlarni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uchun ochiq-oydin yoritishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratamiz.

Joylardagi muammo va kamchiliklarni ro‘y-rost ochib berish, ularni haqqoniy yoritishlarida men professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”, deydi davlat rahbari. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing