Imomali Rahmon haqidagi gaplarga aniqlik kiritildi
Olam
−
06 may 2020
27656Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Germaniyaga koronavirusdan davolanish uchun jo‘nab ketgani haqidagi xabarlar noto‘g‘ri. Bu haqda Prezidentning maslahatchisi Abdujabbor Rahmonzoda ma’lum qildi.
“Shu kunlarda, “asr vabosi“ ga qarshi birgalikda kurashish va g‘alaba qozonish uchun hukumat atrofida birlashish kerak bo‘lgan paytda Sharofiddin Gadoyev (surgundagi tojik muxolifatining vakili) ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabarlarni tarqatmoqda. Xabarda go‘yo mamlakat Prezidenti koronavirus yuqtirgan va charter reys bilan Germaniyaga yuborilgan. Bu xabarlar mutlaqo asossiz”, deydi Rahmonzoda.
Rahmonni ish joyida ekanligiga ishontirar ekan, Rahmonzoda, “davlat rahbarini olib ketishga“ kelgan maxsus samolyot haqida ma’lumot berib o‘tdi
“Men aniq aytishim kerak, Gadoyev aytib o‘tgan Feniks Gulfstream G-III samolyoti Tojikiston hukumatining ruxsati bilan joriy yilning 3 may kuni Germaniyadan gumanitar yordam yuklari bilan Dushanbega kelgan“, deydi Rahmonzoda.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning koronavirusga chalingani va Germaniyaga maxsus charter reys bilan davolanish uchun uchib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda ilk koronavirus bilan bog‘liq holat joriy yilning 30 aprel kuni qayd etildi. Shundan so‘ng, hukumat talabalarni muddatdan oldin ta’tilga chiqardi. Shuningdek, mamlakat Prezidenti koronavirusga qarshi kurashish uchun o‘z maoshidan voz kechdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq 293 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 5 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi