Primorskda samolyot halokatga uchradi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Primorsk o‘lkasida ZLIN-142 yengil rusumli samolyot halokatga uchradi va uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Uzoq Sharq transport prokuraturasi ma’lum qildi.

“Bugun mahalliy vaqt bilan soat 9:45 da Primorsk o‘lkasidagi Novonejino davlat aviatsiya aerodromi hududida ZLIN-142 yengil rusumli samolyot halokatga uchradi. Bu samolyotni 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqargan, u avariya oqibatida halok bo‘lgan. Bortda boshqa odamlar yo‘q edi”, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu samolyot egasi uni marhumga uchuvchilik mahoratini mashq qilish uchun topshirgan. 

Qayd etilishicha, Uzoq Sharq transport prokuraturasi ushbu hodisa bo‘yicha parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahrida yo‘lovchi samolyot dahshatli aviahalokat uchragan va buning oqibatida 317 kishi qurbon bo‘lgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya samolyot Primorsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing