Prigojin Rossiya prezidenti bo‘lishi mumkin – sobiq KGB xodimi

Olam

image

20 yillar oldin Fransiyadan siyosiy boshpana olgan SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasining (KGB) sobiq mayori Sergey Jirnov “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning taqdirini bashorat qildi. Bu haqda u “24-kanal” efirida gapirdi.

Sobiq razvedkachining so‘zlariga ko‘ra, Prigojinda keng tanlov imkoni yo‘q. U yo Rossiyadagi birinchi odamga aylanadi yoki o‘ldiriladi. Jirnovning fikricha, diktatura har doim davlat to‘ntarishi bilan tugaydi va bu Putin bilan sodir bo‘lishi kerak.

"Har qanday diktaturada ko‘pincha davlat to‘ntarishi amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda katta ehtimol bilan diktatorni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan kimsa uning soqchilari bo‘ladi. Buni Federal xavfsizlik xizmati direktori Dmitriy Kochnev amalga oshirishi mumkin. Yoki Prezident qo‘riqchisi Aleksey Berejnov buyrug‘i bilan uning uchun yana kimdir ham shunday qilishi mumkin. Bu ikki kishi doimiy ravishda Prezident bilan aloqada bo‘lib, uning xavfsizligini ta’minlab turadi”, deydi Jirnov.

Albatta, hozircha Putinni yo‘q qilish uchun aniq signallar yo‘q. Boshqa tomondan, agar ular bo‘lganida, Putin zudlik bilan uning hayotiga tahdid soladigan xavfdan qutulishga harakat qiladi.

Sobiq razvedkachining so‘zlariga ko‘ra, keyingi prezident Yevgeniy Prigojin bo‘lishi mumkin. Chunki uning “adolat marshi” paytida birorta ham “Putinni himoya qiling” degan plakat ko‘tarilmagan.

"Prigojin jazolandimi? Yo‘q. Putin va’da qilganidek o‘ldirildimi? Yo‘q. Ular hatto qamalmadi ham. Bu qiziq holat. Prigojinni qo‘llab-quvvatlashadi. Va uning bezorilar armiyasi va pullari bor. U hech kimdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun uning davlat rahbari bo‘lish imkoniyati juda yuqori, yoki uni o‘ldirishadi", deb tushuntirdi Sergey Jirnov.

Shuningdek, sobiq razvedkachi Prigojin yana olti oydan keyin Moskvaga borishi mumkinligini aytgan. Va bu butunlay boshqacha sayohat bo‘ladi. Sergey Jirnov boshqacha versiyani – Yevgeniy Prigojin allaqachon o‘lgani hamda uning soxta video va fotosuratlari ko‘rsatilganini ham istisno qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing