Prigojin Putin bilan uchrashdi – “Libération”

Olam

image

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin ikki haftalik sukunatdan so‘ng Putin bilan uchrashdi. Bu haqda Fransiyaning “Libération” nashri rezvedka ma’lumotlariga asoslanib, xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Prigojin joriy yilning 1 iyul kuni Kremlga chaqirilgan. Putin bilan uchrashuvda unga “Vagner” qo‘mondonlari ham hamrohlik qilgan. Shuningdek, ushbu uchrashuvda Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov va Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ham ishtirok etgan. Ular nimani muhokama qilgani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Yevgeniy Prigojin 24 iyun kuni harbiy isyon ko‘tarib, Moskvaga yo‘l olgandi. Shu kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Putinning roziligiga ko‘ra, Prigojin bilan muzokaraga kirishgani va uni Moskvaga bormaslikka ko‘ndirganini e’lon qildi. Keyinchalik Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinga qo‘yilgan barcha ayblovlar olib tashlanganini va u Belarusga ketajagini ma’lum qildi. Bir necha kun o‘tib, 27 iyunda Lukashenko “Vagner” rahbarining Belarusda ekanini tasdiqladi. 6 iyul kuni esa Belarus fuqarosi uning mamlakatda emasligi, chunki u Sankt-Peterburg va ehtimol Moskvaga ketgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing