Pridnestroveda portlash bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 26 aprel kuni tan olinmagan Pridnestrove Moldova respublikasida noma’lum shaxslar Rossiya radiosi dasturlarini qayta eshittiruvchi mintaqaviy radiomarkazni portlatib yubordi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Eng kuchli ikkita antenna ishdan chiqdi: biri megavatt, ikkinchisi yarim megavatt. Ikkalasi ham RF radiosini qayta eshittiradi. Pridnestrove radiomarkazi xodimlari va mahalliy aholidan hech kim jabrlanmadi”, deyiladi IIV Matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq tan olinmagan Pridnestrove respublikasi Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan Mayak qishlog‘idagi yirik radiomarkazda portlash yuz bergani haqidagi ma’lumotni tekshirishini ma’lum qilgandi.

Qayd etish kerakki, tan olinmagan Pridnestrove Moldova respublikasida Rossiya qo‘shinlari mavjud. Ukraina tomoni rus harbiylari urushda yo‘qotishlarga uchrab, qator chiziqlarda chekinishga majbur bo‘la boshlagach, Pridnestrove tomondan hujum bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Hududdagi harbiylarning faollashgani shunday gumonga borishga sabab bo‘lgan.

Endilikda Pridnestrove portlashda Ukraina uyushtirgani aytilib, bu yerdagi rus harbiylari Ukraina hududiga kiritilishi ham hech gap emas.

Tan olinmagan respublika 1992 yil 7 iyul kuni Moldova va Pridnestrove hududidagi ayirmachi kuchlar o‘rtasida ziddiyat avj olishi ortidan tashkil topgan. Mojaro avj olganda Rossiya o‘rtaga tushib, Moldova hukumati bilan nizoni tinch yo‘l orqali hal qilish uchun kelishuv imzolagan. Tez orada Rossiya harbiylari “tinchlikparvar kuchlari” nomi ostida Benderi va Dubossariga kiritilgan. 1992 yil 2 avgust kuni Rossiya qoziligida ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing