Mirziyoyevning yangi ish haftasi qanday boshlangani aytildi
Jamiyat
−
12 dekabr 2022 7514 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Vengriyaning “OTP” banki delegatsiyasini qabul qilmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi ish haftasini Vengriyaning «OTP» banki delegatsiyasi bilan uchrashuvdan boshladi”, deb yozgan Asadov.
Qayd etilishicha, muzokaralar kun tartibidan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan. Yevropaning ushbu yetakchi banki O‘zbekiston bank-moliya bozoriga kirish jarayonini boshlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘lgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025