Prezidentning maxsus farmoni bilan ajratilgan yerni $800 mingga sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida maxsus farmon bilan ajratib berilgan yer maydoni 800 ming AQSH dollariga pullab yuborilayotganda to‘xtatib qolindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashovchi, 1964 va 1970 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgan. So‘ng o‘zlariga tegishli bo‘lmagan 4 gektar yerni unga 800 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlangan.

Gap shundaki, mazkur yer maydoni Prezidentning “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2021 yil mahalliy MCHJga investitsiya kiritish sharti asosida ko‘p qavatli turar-joylar, kottejlar hamda madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish uchun Bo‘stonliq tumani hududidan ajratib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

er savdosi

Baholaganlar

419

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing