Prezidentlikka sobiq nomzod Ekoqo‘mitaga rais bo‘lmoqda
Jamiyat
−
30 dekabr 2021 6691 1 daqiqa
Narzullo Oblomurodov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Narzullo Oblomurodov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.
Ma’lumot uchun, Narzullo Oblomurod joriy yilning 1 fevralida Ekologiya partiyasining raisi etib saylangandi. U 2021 yil 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan Prezident saylovida Ekopartiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilgandi. Uni jami saylovchilarning 4,1 foizi qo‘llab-quvvatlagandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr