Prezidentlikka nomzod Oblomurodov daraxt kesilayotgan Uchtepaga bordi. U masalani qanday hal qildi?
Jamiyat
−
09 avgust 2021
11638Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Uchtepa tumanidagi 24-mavze 28, 29- uylar oldida noqonuniy daraxt kesishga urinayotgan shaxsning jamoatchilik tomonidan to‘xtatib qolingani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan joriy yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligida o‘rganish ishlari olib borilib, bu yerda istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Ekologik partiya ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumani Izza ko‘chasi 219-uyda yashovchi B.Daminov aholi yashash hududi orasida qurilish qilish maqsadida yollanma ishchini jalb qilgan holda mazkur hududdagi bir tup diametri 39,4 sanimetr bo‘lgan safora daraxtini kesmoqchi bo‘lgan vaziyatda aholi vakillari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Qayd etilishicha, keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan mazkur holat O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan nazoratga olingan.
Nazorat ishlariga ekologiya inspeksiyasi hamda profilaktika inspektori jalb etildi. Bu borada bugun, 9 avgust kuni jamoatchilik eshituvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchtepa tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlardan mazkur holatni aholi fikrini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni Narzullo Oblomurodov O‘zbekiston tarixida ilk bor Prezident saylovida ishtirok etayotgan Ekologik partiya tomonidan 2021 yilgi prezidentlik saylovi uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi