Prezidentlik uchun Karimovga raqib bo‘lgan Abdulhafiz Jalolov vafot etdi

Jamiyat

image

2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod bo‘lgan Abdulhafiz Jalolov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Abdulhafiz Jalolov 1947 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida, Birlashgan qishlog‘ida tug‘ilgandi. 1969 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1976 yilda falsafa fani bo‘yicha nomzodlik, 1992 yili doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.

Falsafa va siyosatshunoslik bo‘yicha 450 dan ortiq ish, jumladan, “Inson omili: falsafa, mafkura, siyosat”, “O‘zbekiston: mustaqillik, man’naviyat, mafkura”, “Mustaqillik mas’uliyati”, “Istiqbol ufqlari” kabi monografiyalar muallifi bo‘lgan. Ilmiy ishlari AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlarda chop etilgan.

1971 yildan e’tiboran ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan. ToshDU falsafa kafedrasi o‘qituvchiligidan Falsafa va huquq instituti direktorligigacha (1993 yildan) bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 1994 yilda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi birinchi kotibi etib saylangan.

2000 yil yanvarida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Islom Karimovga yagona muqobil raqib bo‘lgandi. Jalolov mazkur saylov payti amaldagi davlat rahbari uchun ovoz berganini bildirgan.

2001 yilda Falsafa va huquq instituti direktorligi, 2003 yilda XDP Markaziy kengashi birinchi kotibligidan ozod etiladi. Shundan so‘ng Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oliy pedagogika instituti professori lavozimlarida ishlagan.

Abdulhafiz Jalolov joriy yilning 29 iyul kuni Namangandagi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan qishloqda dafn etildi.

QALAMPIR.UZ tahririyati nomidan marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulhafiz Jalolov

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar