Prezidentlardan biri koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi bilan emlandi
Olam
−
10 fevral 2021
2297Peru Prezidenti Fransisko Sagasti yangi turdagi koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi bilan emlandi emlandi. Jarayon Peru davlat telekanalida namoyish etildi.
“Men vaksinadan qo‘rqmasdan, uni ishonch va umid bilan qabul qilaman”, deydi davlat rahbari emlanishdan oldin.
Jarayon tugaganidan so‘ng, Peru yetakchisiga emlanganlik to‘g‘risida sertifikat topshirilgan. 21 kun ichida siyosatchi Xitoyning Sinopharm farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan preparatning ikkinchi dozasi bilan emlanadi.
Bugungi kunga kelib, Peru Hukumati mamlakatga yil oxiriga qadar 38 million doza Sinopharm, 20 million doza Pfizer vaksinasi, 14 million doza AstraZeneca vaksinasini yetkazib berishga kelishib oldi. Yana 13,2 million doza vaksina xalqaro COVAX mexanizmi orqali Peruga yetkazib berilishi kerak.
LiveBarchasi