Prezidentlar nimalarni muhokama qiladi? “Arqadag‘”ning tashrifi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2021
6406Avvalroq, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yil 4-5 oktyabr kunlari O‘zbekistonga safar qilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati qo‘shni davlat rahbarining tashrifi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi.
Bo‘lajak oliy darajali uchrashuv kun tartibiga O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalari kiritilgan.
Asosiy e’tibor savdo, transport va tranzit, energetika sohalaridagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga qaratilishi kutilmoqda.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.
Tashrif doirasida qator ikki tomonlama tadbirlar, shu jumladan Iqtisodiy forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, ko‘p qirrali sheriklikni jadallashtirishga qaratilgan hujjat va shartnomalarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi