Prezidentlar bir-biriga Yangi yil sovg‘asi beradimi? So‘z Peskovga

Bu qiziq

image

Yangi yilga bir necha kun qolganida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan MDHning norasmiy sammiti ishtirokchilari bir-biriga sovg‘a berishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Yo‘q. Odatda bunday bo‘lmaydi. Davlat rahbarlari jiddiy narsalar haqida gaplashishadi”, deydi Peskov Birinchi kanalga bergan intervyusida.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburgdagi Prezident kutubxonasida Hamdo‘stlikning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etmoqda.

Sammit ikki kun davom etadi. Ertaga, 27 dekabr kuni uning ishtirokchilari Rossiya muzeyida norasmiy nonushta qiladi.  


 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing