Prezidenti huzuridagi innovatsiya markazi direktori vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Yusupovich Mirzamuratov 58 yoshida olamdan o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, Nurlibek Mirzamurotov 1963 yil 4 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida tug‘ilgan, millati qoraqalpoq, ma’lumoti oliy. 1990 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan, mutaxassisligi bo‘yicha muxandis-quruvchi. “Adolat” sotsial demokratiyalik partiyasi a’zosi, 2012-2014 yillar oralig‘ida Xalq deputatlari Mo‘ynoq tumani Kengesi deputati, 2014-2019 yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi  deputati bo‘lgan.

Nurlibek Mirzamurotov 2018 yil oktyabr oyidan umrining oxirgi kunlarigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Vatan oldida ko‘rsatgan fidokorona xizmatlari e’tiborga olinib, 2020 yilda O‘zbekiston hukumati tomonidan “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing