Prezident hayit arafasida mahkumlarga afv e’lon qildi
Jamiyat
−
29 aprel 2022
8798Ramazon hayiti arafasida Prezident 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
“Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik oyidir. Bu qutlug‘ ayyomda mehr-shafqatli, kechirimli bo‘lish hammamiz uchun ham farz, ham qarz”, degan Prezident yig‘ilishda.
Shu munosabat bilan, Ramazon hayiti arafasida Prezident adashib jinoyatga qo‘l urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzolagan.
Mutasaddilarga ushbu fuqarolar bayramni o‘z uyida, yaqinlari bag‘rida kutib olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Shu bilan birga, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari oldiga bayram yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.
“Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, odamlarning dardiga darmon bo‘lish – insoniylikning oliy namunasi ekanini unutmasligimiz, bunday ezgu ish uslubi bizning nafaqat xizmat vazifamiz, shu bilan birga, vijdoniy burchimizga aylanishi kerak”, degan Prezident so‘zining yakunida.
LiveBarchasi