Prezident Javohir Sindorovning Jahon kubogidagi g‘alabasini e’lon qildi
Sport
−
26 noyabr 3376 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasining ochilishidagi nutqida Javohir Sindorov shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida yakuniga yetgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 200 nafardan ortiq shaxmatchi bosh sovrin uchun kurash olib bordi. Javohir Sindorov bellashuvlarning finaliga qadar yetib keldi. Hal qiluvchi bahsda Sindorovga xitoylik Vey Yi raqiblik qildi. Mazkur qarama-qarshilikning dastlabki ikki partiyasi durang bilan yakunlangandi. Yakunda bugun g‘olib tay-breykda aniqlandi. Tay-breyk yakuniga ko‘ra, Javohir Sindorov 1,5 : 0,5 hisoblarida g‘alaba qozondi va Jahon kubogi g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Javohir Sindorov mazkur musobaqa davomida Nikita Petrov (Chernogoriya), Nikolas Teodoru (Gretsiya), Yu Yangyi (Xitoy), Frederik Svane (Germaniya), Xose Martines Alkantara (Meksika), Nodirbek Yoqubboyev (O‘zbekiston) kabi shaxmatchilarni yengib, finalga qadar yetib keldi.
Tarixda biron marta o‘zbek shaxmatchisi Jahon kubogi finaliga qadar yetib kela olmagandi. Endi ushbu muvaffaqiyat orqali Javohir Sindorov 2026 yilning mart oyida o‘tkaziladigan nomzodlar turnirida ishtirok etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr