Prezident jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgarishini va’da qildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri uchun qo‘shimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.

Uning qayd etishicha, jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi.

“Toshkent shahri uchun qo‘shimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi. Bularning hisobiga, har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi”, deydi davlat rahbari.

Hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida, yana mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu orqali, jamoat transporti bo‘yicha ahvol og‘ir bo‘lgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing