Prezident Yaponiyaga tashrifini boshladi

Jamiyat

image

Bugun, 18 dekabr kuni tongda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi dasturini Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi. 

O‘zbekiston va Aichi prefekturasi o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qo‘shma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.

O‘zaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Yaponiya Xideki Omura

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing