Prezident “Yangi O‘zbekiston” bog‘i qurilishini ko‘zdan kechirdi
Jamiyat
−
09 iyul 2021
7511Joriy yil 1 may kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ilk ko‘chatlar o‘tqazilib, ko‘kalamzorlashtirish boshlangan edi. Bugungi kunda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2 mingdan ziyod quruvchi va ishchi, 200 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 iyul kuni bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Hududdagi bir gektardan ziyod maydonda 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr barpo etiladi. Kelgusida bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Majmua zamonaviy yoritish va akustika tizimlari bilan jihozlanadi. Ayni paytda tomoshabinlar joyi tiklanib, sahnaning temir sinchlari o‘rnatilgan.
Bog‘da, shuningdek, 6 gektarlik sun’iy ko‘l, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohi, sokin hudud va favvoralar barpo etiladi. Bugungi kunda ular quriladigan maydonlar tayyorlanib, sug‘orish va oqova tizimlari barpo etilmoqda.
Davlat rahbari boqqa ekiladigan manzarali daraxt ko‘chatlarini ham ko‘rdi.
Qibray tumanidagi ushbu hududda Olimpiya shaharchasi, universitet, shifoxona, savdo va ko‘ngilochar maskanlar ham barpo etiladi. Bugungi kunda ularning qurilishi boshlab yuborilgan.
LiveBarchasi