Xivada Prezident maktabiga tamal toshi qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 fevral kuni “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. 

Bugun Xorazm viloyati Xiva shahrida Prezident maktabi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda

Tadbirda viloyat hokimligi mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etgan. 

fda034d4-9aa8-477c-b754-adb6d37bf759.jpg

20 avgustga qadar qurib bitkazilishi belgilangan mazkur ta’lim maskaniga umumta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalari asosida saralab olinadigan 144 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. 

037b3754-d9b9-4bce-9e46-aa2ab6a78396.jpg

Prezident maktablarida kimlarning farzandi o‘qiydi?

•    Prezident maktablariga qabul qilish respublika umumta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

•    Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi.

•    Birinchi o‘quv yilida Prezident maktablarining har biriga 5-10-sinflarga 144 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi.

Ta’lim jarayoni qanday bo‘ladi? 

•    Prezident maktablarida ta’lim jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi.

•    Prezident maktablarida “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi.

•    Prezident maktabining 9-11-sinflarida o‘qitish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni o‘rganish darajasini tanlab olish orqali o‘quv jarayonini individuallashtirishni ko‘zda tutadi.

•    Asosiy o‘quv dasturi bilan birgalikda Prezident maktablarida o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish nazarda tutiladi.

•    Prezident maktablari bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini taqdim etuvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident maktabi

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing