Prezident yana bir qator tadbirkorlarni mukofotladi

Jamiyat

image
Ortiqxo‘jayevdan Hoshimovgacha. Prezident bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi north_east

Ortiqxo‘jayevdan Hoshimovgacha. Prezident bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi

O‘zbekistonda yana 7 nafar tadbirkor mukofotlandi. Bu haqda bugun, 21 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev farmon imzoladi.

Bildirilishicha, quyidagilar o‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, turli yo‘nalishdagi saxovat va homiylik ishlari bilan jamiyatda o‘zaro ko‘mak va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy ob’ektlarni qurish, aholi uchun ko‘plab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna bo‘layotgani uchun mukofotlanadi:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Avaz Ergashboyevich Abdurahimov – Yakkasaroy tumanidagi “64 BIT” mas’uliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi, Toshkent shahri;
  • Hamidulla Atovullayevich Ag‘zamov – Zangiota tumanidagi “Toys Uz” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati;
  • Yusufbek Qudratbek o‘g‘li Zoitbekov – Zangiota tumanidagi “Lider Kabel Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati;
  • Rashid Hasanovich Ibragimov – Toshkent tumanidagi “Online building project” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati;
  • Xursandjon Dadajonovich Karimbayev – Zangiota tumanidagi “Farm Diyor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Alfiya Rahimovna Musina – Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi;
  • Aydin Raximboyev – Qozog‘iston Respublikasining “BI Group” xoldingi direktorlar kengashi raisi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing