Prezident Vahobovga rektorlikni ham yukladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov rektor etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Yig‘ilishda to‘qimachilik sohasida mutaxassislar tayyorlash, ilm va izlanish bo‘yicha To‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda O‘zbekiston-Koreya to‘qimachilik texnoparki yaxlit tizim asosida ishlashi belgilandi.

Shuning uchun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov rektor etib tayinlandi.

Institutda yangi o‘quv yilidan 3 va 4-kurs talabalarini o‘qitishda “dual” ta’lim tizimi joriy qilinadi. Endi, ular haftaning uch kunida institutda nazariy darslar, qolgan uch kunida to‘qimachilik texnoparki va korxonalarda amaliy o‘quv mashg‘ulotlar asosida o‘qitiladi.

Shuningdek, institutda nufuzli xorijiy to‘qimachilik oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 6 ta yo‘nalishda talabalar almashish dasturi yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov rektor Davron Vahobov

Baholaganlar

207

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing