Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirishga ko‘rsatma berdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatni mintaqaviy IT markaziga aylantirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Mirziyoyevga ko‘ra, IT sohasi rivojlanmasa, boshqa biror-bir tarmoq oldinga yurmaydi. O‘zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

•  IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkazish;

•  ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga o‘sishini ta’minlash;

•  joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT-parklarni to‘liq ishga tushirish va malakali kadrlar ta’minlash, qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash.

Prezidentning ta’kidlashicha, endilikda Axborot texnologiyalari vazirligi rahbariyati har hafta tumanga, qishloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni o‘rganadi va hal etib boradi. 

“Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat o‘z tarkibidagi korxonalar bilan, balki barcha tarmoq va hududlarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan bevosita shug‘ullanishi shart”, deydi Prezident.

Sherzod Asadovga ko‘ra, yig‘ilishda jahon IT bozoriga chiqqan kamida 30 ta yirik kompaniyalarni mamlakatda faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhimligi aytilgan. Eng og‘ir hududlar - Qoraqalpog‘iston, Andijon va Surxondaryoda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1 ming nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan.

“Yil boshidan xorijdan 3 mingga yaqin IT mutaxassislar kelgan bo‘lib, ularning asosiy qismi shu yerda uzoq muddat qolib ishlashni reja qilganligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing