Prezident “UzAuto Motors”ga navbatda turganlarga yetkazib berishning aniq muddati haqida xabar berishni buyurdi

Jamiyat

image

“Chirchiq klasteri” 2023 yildan to‘liq ishlashni boshlashi kerak. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytirish lozim. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi.  

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani va bunga byudjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ham ko‘rsatib o‘tilgan. 

Uch oy muddatda “Texnolog” va “Agregat” zavodlari asbob-uskunalarini “Chirchiq klasteri”ga ko‘chirib, qurilish-montaj ishlarini joriy yilning 1 dekabr sanasiga qadar to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berilgan.

“Bu degani “Chirchiq klasteri” 2023 yildan to‘liq ishlashni boshlashi kerak”, deydi davlat rahbari.

Soha rahbarlari oldiga joriy yilda qishloq xo‘jaligi mashinasozligida:

•    qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytirish;

•    ishlab chiqarishni 2 barobarga oshirish;

•    eksportni 15 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. 

Yig‘ilish yakunida davlat rahbari yana avtomobil uchun navbatlar mavzusiga qaytib, navbatda turgan har bir buyurtmachiga "UzAuto Motors" kompaniyasi tomonidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

394

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing