Prezident uchta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilishga oid qaror qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 4 mart kuni birdaniga uchta xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilishga oid hujjatlarni imzoladi. 

Bular:

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi to‘g‘risidagi Konvensiya (Minsk, 1995 yil 26 may) quyidagi qo‘shimcha shart bilan: 

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun unda o‘z vakillarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hajmlarda mablag‘ ajratadi”;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi to‘g‘risidagi Bitim (Toshkent, 2018 yil 12 oktyabr);

Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1976 yil 21 iyun).
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing