Prezident uch kishini “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 avgust kuni “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini ta’minlash borasidagi ulkan xizmatlari, so‘nggi yillarda yurtimizda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi va fidoyiligi, davlat va xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi ko‘p yillik samarali va ibratli faoliyati, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

Yerniyazov Musa Tajetdinovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi

Murotova Lola Ne’matovna – Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Nurli obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Normuradov Xasan Norbekovich – “Nuroniy” jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qahramoni

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar