Prezident Turkmanistonga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi.

Davlat rahbari sammitdagi nutqida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab takliflarni ilgari surdi.

Anjuman yakunida Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi. 

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik 2022 yilda O‘zbekistonga o‘tgani sammitning muhim natijalaridan biri bo‘ldi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga qilgan safari chog‘ida mezbon mamlakat Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazib, mamlakat o‘rtasidagi ustuvor masalalarni muhokama qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing