Prezident to‘qimachilik korxonalariga bir shart bilan QQSni qaytarishni buyurdi
Jamiyat
−
23 aprel 2020
6982Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 aprel kuni to‘qimachilik sanoati barqarorligini ta’minlash, pandemiyaning sohaga ta’sirini yumshatish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda Prezident joriy yil 1 aprelga qadar sotilgan paxta tolasining yakuniy to‘lov muddatini 90 kundan 150 kunga uzaytirishga ko‘rsatma berdi.
Moliya vazirligiga korxonalarning aylanma mablag‘ini o‘zida saqlab qolish uchun eksport bojxonada rasmiylashtirilgan zahoti qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish mexanizmini joriy qilish topshirig‘i berildi.
Bundan tashqari, kelgusi 5 yilda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 4-5 baravarga ko‘paytirish, tannarxni raqobatchilarga nisbatan arzonlashtirib, tashqi bozorlarni egallash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Buning uchun mahsulotlar assortimentini kengaytirib, sifatini keskin oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Xususan, xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda yirik eksport korxonalari tashkil etib, taniqli brendlar asosida bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Shu maqsadda Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida tayyor mahsulot eksport qiluvchi yangi korxonalar uchun texnopark tashkil etiladi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan kredit liniyasi doirasida 300 million dollar mablag‘ ajratiladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15