Prezident: Toshkent ham Andijonga o‘xshab qolyapti – yer kamaymoqda

Jamiyat

image

Toshkent ham Andijonga o‘xshab qolyapti – yer kamaymoqda. Endi uskunalarni ikkinchi, uchinchi qavatga chiqarish kerak. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrifi davomida ta’kidladi. Prezident tashrifi “Menimcha” ko‘rsatuvida taqdim etildi.

Tashrif davomida davlat rahbari yerlar qanday ajratilishi borasida Jahongir Ortiqxo‘jayev hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovdan yerlarni ajratishda tanish-bilishchilik bo‘lmasligi haqida so‘radi: “Yer ajratishda tanish-bilishchilik bo‘lmaydimi? Hammasini Voitov ajratibdi deyishmaydimi?”. Bunga javoban esa Ortiqxo‘jayev va Voitov yerlar faqat auksion orqali sotilishini aytdi. 

Davlat rahbari mas’ullarga yerni iqtisod qilib, qo‘sh qavatli korxonalar qurish vaqti allaqachon kelganini ham eslatdi. 

“Toshkent ham Andijonga o‘xshab qolyapti – yer kamaymoqda. Endi uskunalarni ikkinchi, uchinchi qavatga chiqarish kerak. Agar chiqarmasak, keyin yer topolmaymiz. Kelasi yil ham rivojlanishimiz kerak-ku. Kelasi yili qayerga borib Yangihayotdek yer topib beraman? Yaponiyaga bordik: 40-qavatda stanoklar turibdi. Xitoyga borganimizda 51-qavatda stanoklar ishlayapti. Biz esa bir paqir suvni tepaga olib chiqolmaymiz. Bu zamon o‘tib bo‘ldi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

711

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing