Prezident Tohir Aripovga “general-mayor” unvonini berdi
Jamiyat
−
15 yanvar 2022 30086 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Tohir To‘lqinovich Aripovga “general-mayor” maxsus unvoni berildi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Tohir Aripov 2018 yilning 15 oktyabridan beri Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U bunga qadar 2017 yilning iyulidan 2018 yil mayigacha IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajargan. Shuningdek, qisqa muddat Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari ham bo‘lgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr