Prezident Termizda jundor qo‘y zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz shahridagi “Afghan bazar carpets” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumki, Surxondaryoda qo‘y ko‘p boqiladi. Lekin uning juni deyarli qayta ishlanmaydi. Shu bois, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Afg‘oniston tajribasi asosida jundan gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qayd etilishicha, Prezident bu loyihani ma’qullab, afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish, jundor qo‘y zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.

Xabarga ko‘ra, majmuada “Silk road tex” korxonasi ham tashkil etiladi. Unda ipakli mato, ipakli tayyor mahsulotlar, sport va yo‘l sumkalari hamda ipakli gilam ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Yiliga 2 million dollarlikdan ziyod eksport maqsad qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

100

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing