Prezident TDIUdagi poraxo‘rlik va attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilar haqida gapirdi
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
11957O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy ta’lim soha korrupsiyaning o‘chog‘i ekanini alohida urg‘uladi. Bunda davlat rahbari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq rektori Bahodir Xodiyevni misol sifatida keltirdi.
“Eslasam kayfiyatim buziladi. Xodiyev degan vallomatni ishdan oldim. Yangi rektorimiz oddiy attestatsiya o‘tkazdi. 65 foiz domla o‘tmadi. 35 emas, 65 foiz. Hamma narsa poraxo‘rlik. Bechoralar qanday o‘qigan, tasavvur qilib bo‘lmaydi. Domlalar hammasi “doktor nauk”, indamasang akademik bo‘lib oladi”.
Davlat rahbari Oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash va qurilish sohalarida juda katta korrupsiya mavjudligi, bu yuzasidan ko‘plab shikoyatlar tushayotganini ta’kidlab, mazkur masala bilan shaxsan Bosh prokuror shug‘ullanishini aytdi.
“Bu tizimlarda juda qattiq kurash olib boramiz. Birovga yoqadimi, yo‘qmi. Rektor davlatdan oylik oladi. Menga kuni kecha bir rektorning nomzodini kirityapti. Buni hokim ko‘rganmi, desam yo‘q deydi. U rektorni hokimdan boshqa odam yaxshi bilishi mumkinmi? Oliy ta’lim vaziri hokimni bir tiyinga olmaydi. Prokuror uchta tizim bo‘yicha ishni to‘xtatmasligi kerak
Senat bir yil davomida uchta yo‘nalish bo‘yicha hisobotni prokurordan eshitsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Kimga qanday jazo, kimga natija...”
Davlat rahbari yaqinda Bosh prokuror tanqididan keyin Oliy ta’lim vaziri Majidov uzr so‘ragani, lekin uzr so‘rash bilan ish bitmasligini aytdi.
“Kecha televizorda Majidovning gapini eshitdim: Meni kechiring. Qonun bilan javob berishi kerak. Kechirim bilan bo‘lmaydi. Endi kechirolmaymiz. Negaki odamlar bizni kechirmaydi”, deydi Prezident.
LiveBarchasi