O‘zbekiston energetika sohasi boshqaruviga yevropaliklarni jalb qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Energetika vazirligi kadrlar tayyorlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi grantini jalb etish va respublika energetika sohasi korxonalari rahbariyatiga yevropalik mutaxassislarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. 

Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, "O‘zatom" agentligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov Belgiya poytaxti Bryusselda Yevropa Ittifoqining o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha elchisi Romana Vlaxutin bilan muzokaralar olib bordi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Yevroittifoq tomonidan grant-moliyaviy ko‘mak uchun qator loyihaviy takliflar paketi shakllantiriladi. U O‘zbekiston energetika sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi kutilmoqda.

Shuningdek, tomonlar Energetika vazirligi korxonalariga yevropalik ekspertlarni maslahatchi sifatida hamda rahbarlik lavozimlariga jalb etish imkoniyatini ishlab chiqishga kelishib oldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston energetika sohasi evropalik

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar