Prezident ta’tildan qaytdi. U Jizzaxda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tildan qaytdi. Davlat rahbari bugun, 11 yanvar kuni Jizzax viloyatiga borgan. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev dastlab Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rgan

Mazkur harbiy qismda katta hajmdagi qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, barcha zamonaviy qulayliklar yaratilgan. Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

“Asosiy maqsadimiz – xalq bilan armiya birdamligi. Harbiy qismlar eshiklari el uchun ochiq bo‘lishi kerak. Milliy armiyamizning nuri, ma’naviyati hammaga yetib borishi zarur. Yoshlarni bu yerga olib kelib ko‘rsatish, o‘rgatish kerak. Bu ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz tarixi va qudrati haqida bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. Bundan ota-onalar ham xursand bo‘ladi”, dedi Prezident.

O‘quv binosi eng ilg‘or harbiy tayyorgarlik talablariga mos jihozlangan. O‘quv trenajyorlari jangovar vaziyatga maksimal yaqinlashtirilgan.

Davlat rahbari askarlarning o‘quv-mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi. Harbiy bilim va ko‘nikmalarni maktab davridanoq to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, harbiy bilim yurtlari bilan harbiy okruglar o‘rtasidagi aloqani kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yotoqxonalarda harbiy xizmatchilarning yashashi, dam olishi, vaqtini mazmunli o‘tkazib, bilimlarini mustahkamlashi uchun barcha qulayliklar bor.

Harbiy qism oshxonasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha autsorsing tizimi joriy qilingan. Bu askarlarning hamma vaqti va kuch-g‘ayratini professional tayyorgarlikka qaratish imkonini bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi tibbiyot punktini kirib ko‘rdi. Bu yerda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga malakali xizmat ko‘rsatilmoqda. Prezident ushbu punktdagi uskuna va kadrlar salohiyatidan foydalanib, harbiy qism yaqinidagi Olmachi mahallasi aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, xalq salomatligini mustahkamlashga hissa qo‘shish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Mudofaa vazirligining zaxirasi sifatida har biri 500 o‘rinlik ikkita mobil gospital tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing