“Prezident sovg‘alari” dastlab qaysi viloyatga yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yil 23 avgust kuni 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari”dan iborat karvon hududlarga yo‘l oldi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, sovg‘a tarkibida12 turdagi o‘quv qurollari: portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim, o‘chirg‘ich mavjud.

Dastlab, karvon Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga yo‘l olgan. Yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mazkur sovg‘alar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, o‘quv yilining ilk kuni o‘quvchilarga topshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-2022 o‘quv yilida 641 604 nafar o‘quvchilar maktablarning 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing