Prezident sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash sohasida yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilyapti.

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ| muxbirining ma’lum qilishicha, Prezident videoselektor yig‘ilishini sog‘liqni saqlash tizimiga mas’ul bo‘lgan mansabdorlar faoliyatini tanqid qilishdan boshlagan. 

“Bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masala juda jiddiy. Biz bundan to‘rt yil avval mamlakatda tinchlik va sog‘liqni saqlashni islohotlarning eng muhim bo‘g‘ini etib belgilagan edik. Shu maqsadda o‘tgan davrda juda katta ishlar qilindi, oxirgi qabul qilingan farmon va qarorlar ham tizimni tubdan isloh qilishga qaratilgandi. Bugun sohaga mas’ul Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, Sog‘liqni saqlash vaziri va quyi bo‘g‘indagi barcha mutasaddilar qilgan ishlari hisobotini berishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Videoselektor yig‘ilishida ertadan boshlab quyidagi rahbarlar hududlarda qabul qilingan Farmon va qarorlar ijrosini oxiriga yetkazishga shaxsan mas’ul etib belgilandi:

•    Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev – Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlariga;

•    Vazir Abduhakim Xojiboyev – Toshkent viloyati va Toshkent shahriga;

•    Vazirning birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlariga;

•    Vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova – Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlariga;

•    Vazir o‘rinbosari Abdulla Azizov – Samarqand, Sirdaryo viloyatlariga;

•    Vazir o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev – Jizzax, Navoiy viloyatlariga.

Yig‘ilishda, ko‘pchilik rahbarlar bu vazifalarni to‘liq tushunib yetmayotganiga e’tibor qaratildi.

Shuning uchun, o‘tgan 6 oyda Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hamda 37 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing