Prezident Sergelidagi maktab direktorini “O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi” unvoni bilan taqdirladi
Jamiyat
−
29 yanvar 2022
8728Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 300-maktab direktori “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni taqdirlandi. Prezident kecha, 28 yanvar kuni tegishli farmonni imzoladi.
Farmon bilan Nigora Ergashevna Saidxo‘jayevaga “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni berildi.
U xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ezgu g‘oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jonajon Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdirlandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15