Prezident saylovida imkoniyati cheklanganlarga qanday sharoit yaratildi?
Jamiyat
−
25 Oktabr 2021
2029Xabaringiz bor, kecha 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayonni butun dunyodan xalqaro ekspertlar kuzatib borishdi. Bugun, 25 oktyabr kuni saylovda Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilayotgan Yerik Ashimov saylov jarayoni bo‘yicha xulosalarini e’lon qildi.
“Prezidentlikka nomzodlarning Saylovoldi tashviqoti saylov qonunchiligi asosida o‘tkazildi. Partiyalarga targ‘ibot-tashviqot uchun bir xil efir vaqti hamda teng imkoniyatlar beriganini ham qayd etish lozim.
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun o‘z siyosiy huquqlarini to‘lakonli amalga oshirish uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Jumladan ularga alohida kabinalar ajratilgan, kirish va chiqish joylarida panduslar joylashtirilgan, ko‘rish imkoniyati cheklanganlar uchun brayl alifbosidagi byulleten trafareti bilan ta’minlangan”, dedi SHHT missiyasi yetakchisi.
Kuzatuvchining ta’kidlashicha, saylov jarayonlari qoidabuzarliksiz, milliy qonunchilikka muvofiq o‘tkazilgan.
“Shanxay hamkorlik tashkilotidan kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi milliy qonunchilik va xalqaro talablarga javob bergani qonuniy, demokratik ekaninidan darak beradi. Bu saylovlarda ovoz berish natijalariga shubha bilan qaraydigan qonunbuzarliklar kuzatilmadi. Missiya saylovni shaffof, ishonchli va demokratik, deya tan oladi”, deydi Ashimov.
Shuningdek, Ashimov xalqaro kuzatuvchilarning faoliyatiga, xususan biror bir saylov uchastkasiga borishga hech kim to‘sqinlik qilmaganini alohida urg‘uladi.
LiveBarchasi