Prezident saylovi: qaysi davlatlarda ovoz berish yakunlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Hozirga qadar Vladivostok (Rossiya), Tokio (Yaponiya), Seul, Kvanju (Janubiy Koreya), Pekin, Shanxay, Guanjou (Xitoy), Kuala-Lumpur (Malayziya) va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida O‘zbekiston prezidentligi uchun ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Ta’kidlaninshicha, Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da AQSHning Vashington va Nyu-Yorkdagi saylov uchastkalarida ovoz berish boshlangan. Boshqa xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ovoz berish jarayoni soat 20:00 da yakunlanadi. Soat 17:00 holatiga jami saylovchilarning 71,8 foizi yoki 14 258 780 nafari ovoz berib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing