Prezident “rayono” va “oblono”larni yo‘q qilish haqida o‘ylayotganini aytdi

Olam

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vazirligining quyi boshqaruv organlari – tuman xalq ta’limi bo‘limi (“Rayono”) va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (“oblono”)ni yo‘q qilishni o‘ylayapti. Bu haqda davlat rahbarining o‘zi bugun, 29 dekabr kuni o‘qituvchilar bilan norasmiy muloqotida ma’lum qilgan. 

Davlat rahbari tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi

“Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yo‘q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo‘lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko‘ra ta’lim berishni o‘rganishimiz kerak. Bola o‘ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o‘rgatishni to‘xtatib, qiziqish sohasiga urg‘u qaratish lozim.

“Rayono” va “oblono” siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, maktablarning o‘zi “rayono” va “oblono” bo‘lishlaring kerak”, deydi davlat rahbari. 

Uning qayd etishicha, umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish uchun o‘rtadagi pog‘onalar – boqsharmalarni yo‘q qilish kerak. 

“O‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak? Ular bo‘lgani uchun o‘qituvchi qadam qo‘ya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi.

Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida “gorono”ga xo‘jayinlik qilishi kerak. 

Biz eski tizimga moyillik qilamiz, “Rayono” nima desa shuni qilamiz”, deydi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing