Mirziyoyev RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi. 

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat rahbarlarining muntazam va samarali muloqoti tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal sur’at bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Nikolay Patrushev, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun sidqidildan minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikka oid, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish istiqbollari muhokama qilindi.

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qilish, harbiy va harbiy-texnik sohalarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Rossiya Nikolay Patrushev

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing