Ramazon oyida narx-navo barqarorligini ta’minlash muhim – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyida O‘zbekistondagi dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z raisligida o‘tayotgan tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mutasaddilarga topshiriq berdi.

Qayd etilishicha, iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya bo‘yicha ichki va tashqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalasi bilan shug‘ullanishi belgilangan.

Vazirlikning hududiy boshqarmalarida markazning 2 nafardan vakili bo‘ladi. Markaz har haftada tuman va shahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qancha ehtiyoj borligi, bir oy, uch oy, bir yildan keyin talab qanday o‘zgarishini prognoz qiladi.

Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qanchaga qoplashi, yetishmagan qismini nimaning hisobidan ta’minlashi bo‘yicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi shakllantiriladi.

“Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan ushbu muqaddas kunlarda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim”, deydi davlat rahbari.

Shuningdek, Prezident dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Yig‘ilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ramazon oziq-ovqat yarmarkasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing