Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan afv etishga oid hujjatni imzolashi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan an’anaga muvofiq navbatdagi afvni e’lon qilishi kutilmoqda. Bu galgi afv birmuncha kattaroq miqyosda bo‘lishi mumkin ekan. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning o‘zida ikki marta afv etishga oid hujjatni imzolagan edi. Joriy yilning fevral oyida imzolangan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 41 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 2 nafarini ayollar tashkil etdi.

Shuningdek, xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi.

Farmonga muvofiq jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.

Afv etilgan ayollarning 12 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi, 29 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qiliadi, 17 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirildi, bir so‘z bilan aytganda, 58 nafar ayol jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilindi. Shuningdek, 25 nafar mahkuma ayolga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 7 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

afv

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing