Prezident prokuratura katta tadbirkorlarlar oyog‘iga eskilik sarqiti bilan bolta urayotganini aytdi

Jamiyat

image

Prezident bugun, 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llayotgan murojaatnomasida prokuratura organlarini tadbirkorlarga og‘ir ayblovlar qo‘yib, ularga nisbatan og‘ir jazo qo‘llashini qoraladi va bu eski zamon sarqiti ekanini urg‘uladi

“Bizda yana bir masala juda katta avj olib ketgan. Prokuratura, tergovchilar yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti a’zolariga jinoiy uyushma degan ayblov qo‘yib, ularga og‘ir jazo tayinlash kabi allaqachon umri o‘tib bo‘lgan tazyiqlarni bekor qilish vaqti keldi. 

Mana bu yerda yurisitlar o‘tiribdi. Eng katta tadbirkorga jinoiy uyushma deb qo‘yadi, katta-katta sroklar beradi. Bo‘ldi, hech kimning uni nima qilganini bilmaydi. Jinoiy uyushma deydi, hamma ketadi. Buning oqibatida qancha-qancha tadbirkorlar aziyat chekib, moddiy zarar ko‘rdi”, deydi Prezident. 

Prezident Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda 1 aprelga qadar tegishli qonun loyihasini ishlab chiqishni buyurdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing