Prezident poytaxtda yo‘lning sifati va havoning tozaligini saqlab qolish chorasini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “G‘ishtko‘prik” bojxona postini kengaytirishni taklif qilmoqda.  Mirziyoyev 11 kilometr yo‘l bo‘yini zamonaviy qiyofaga keltirish, 400 gektar maydonda savdo va logistika markazini tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu orqali poytaxtda yo‘llardagi tirbandlikning oldini, olish, yo‘lning sifati va havoning tozaligini saqlab qolish mumkin. Bu haqda u xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirgan. 

Prezident Matbuot xizmatiga ko‘ra, yig‘ilishda magistral yo‘l bo‘yi va chegara oldi hududlarida logistika xizmatlarini keng yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, hozirda Toshkent shahriga kuniga 130 ming tonna yuk katta hajmli mashinalarda kirib chiqadi. Bu poytaxtda tirbandlik, yo‘llar sifati va havoning tozaligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Quyichirchiq va Toshkent tumanlarida yuk taqsimlovchi yirik ulgurji savdo logistika markazlarini qurish orqali bu masalani hal qilish mumkin.

“Toshkent tumanidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona postini kengaytirish, 11 kilometr yo‘l bo‘yini zamonaviy qiyofaga keltirish, 400 gektar maydonda savdo va logistika markazini tashkil etish hisobiga, kuniga 5 mingta yuk transporti, 35 ming kishiga xizmat qiladigan infratuzilma yaratsa bo‘ladi", degan davlat rahbari. 

Prezident yuqoridagi takliflar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing